Bugun 14 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston boks federasiyasi IBA’ni tark etadimi?

O‘zbekiston boks federasiyasi IBA’ni tark etadimi?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston delegasiyasining Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boks World Boxing bilan muzoakalar olib borilayotganini ta’kidladi.

“World Boxing bilan muzokaralar olib borilmoqda. Boks federasiyasi qaysi tashkilot bo‘lsa ham, bo‘yniga olib, ishonch bildirsa, tan olinsa, jarayonlardan o‘sa, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ishonchini oqlasa, unga ko‘chib o‘tishi mumkin”, — deydi Oybek Kasimov.

Iyul oyida XOQ Xalqaro boks assosiasiyasini (IBA) tan olishni bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi. IBA tashkilotiga alternativ sifatida tashkil qilingan World Boxing tashkilotiga a’zolari soni 42 taga yetgan. XOQ tomonidan tan olinishi uchun esa tashkilot a’zolar soni uch mintaqadan kamida 50 ta davlatdan oshishi lozim.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi mamlakat milliy federasiyasi IBA’ni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga javob berib o‘tgandi:

“Bunday masalalarni hal qilish men uchun emas, men jamoa bosh murabbiyiman. Buni federasiyamiz hal qiladi. Bu haqda hech narsa deya olmayman. Men bokschilarni shug‘ullantiraman. Rahbariyatimiz qaysi musobaqa uchun tayyorlan desa, shunday qilaman”, degandi To‘lqin Qilichev.

Tashkilot XOQ tomonidan tan olinsa, a’zolar 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 22:42 30.08.2024. O'qildi: 2979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!