Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston birinchi chorakda 1 mlrd dollarlik oltin sotgan

O‘zbekiston birinchi chorakda 1 mlrd dollarlik oltin sotgan

2020 yilning birinchi choragida O‘zbekistonning eksport hajmi $3,375 mlrdni tashkil qilmoqda (o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 10,9 foiz kamroq). Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Eksport tarkibida asosiy ulushni oltin tashkil qilmoqda — 29,8 %. Bu 1 mlrd dollarga to‘g‘ri keladi. 2019 yilning birinchi choragida oltinning eksport tarkibidagi ulushi 32,5 foizni tashkil qilgan edi.

Ikkinchi eng ko‘p eksport qilingan mahsulot sanoat mahsulotlari bo‘ldi (18,7 %). Uchinchi o‘rinda esa xizmatlar (18,7 %). Xizmatlarning asosiy qismini transport tashkil qiladi ($ 360,8 mln).

Kiritildi: 05:00 23.04.2020. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!