Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani qayd etildi

O‘zbekiston bilan Belarus o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanovani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Belarus delegasiyasi rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Prezident Aleksandr Lukashenkoning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tovar ayirboshlash hajmi jadal ortib borayotgani, sanoat va qishloq xo‘jaligida kooperasiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘layotgani, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol parlamentlararo muloqotni davom ettirish, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlarning parlament nazoratini ta’minlash va o‘z vaqtida bajarilishiga ko‘maklashish muhim ekani ta’kidlandi.

Kiritildi: 14:45 07.04.2025. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!