Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston bayrog‘iga qizil rangni qo‘shishni kim taklif qilgan?

O‘zbekiston bayrog‘iga qizil rangni qo‘shishni kim taklif qilgan?

Bugun O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida nishonlanmoqda. Undagi ranglarni tanlash ham o‘ziga xos tarix bo‘lgan.

"Oliy Kengashda davlatimiz bayrog‘i qabul qilinayotganda ko‘p bahs, tortishuvlar bo‘lgan. Oxir-oqibat bugungi kundagi shakli bir ovozdan qabul qilingan edi", degan  O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim.

Hammaga ma’lum, moviy rang – osmonning, dunyo rangi, oq rang – poklik, muqaddas tinchlik ramzi, yashil – mangulik rangidir. Ana shu uch rang ma’qullanganida O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov birinchi prezident Islom Karimovga bayroqqa qizil rangni ham qo‘shishni taklif qilgan.

"Muqaddas ramzlar, xususan, tug‘ – bayroqni asrab qolish yo‘lida o‘z jonidan ham kechgan ajdodlarimiz sharafiga bayroqdagi oq rangning ikki tarafiga qizil chiziq chizilgan", deyiladi Usmon Azim so‘zida.

Kiritildi: 18:09 18.11.2019. O'qildi: 4641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!