Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston banklarida oltin narxi yil boshidan beri 27 marta oshdi

O‘zbekiston banklarida oltin narxi yil boshidan beri 27 marta oshdi

O‘zbekistonda 21 aprel kuni oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Unga ko‘ra, 1 gramm oltin 1 million 454 ming 920 so‘mga baholanmoqda. Bu 18 aprel kuni qayd etilgan narxdan 1,7 foizga va 17 apreldagi avvalgi rekorddan 0,9 foizga ko‘pdir. 5 grammlik o‘lchovli quyma esa 7 million 275 ming so‘mdan sotilmoqda.

Yil boshidan buyon oltin 28,5 foizga qimmatlashdi va kamida 27 marta, jumladan, aprel boshidan sakkiz marta narx rekordini yangiladi.

Kiritildi: 15:37 21.04.2025. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!