Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ketma-ket ikkinchi oy ko‘paymoqda

O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlar ketma-ket ikkinchi oy ko‘paymoqda

Markaziy bank 2023 yil 1 mart holatiga ko‘ra banklarning muammoli kreditlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, banklardagi jami kredit portfeli 397,6 trln so‘mga yetgan. Bu o‘tgan oyga nisbatan 6,5 trln so‘mga ko‘proq degani.

Fevral oyida banklardagi umumiy muammoli kreditlar (NPL) miqdori 160 mlrd so‘mga ko‘payib, 15,1 trln so‘mni tashkil qilgan. Muammoli kreditlar ketma-ket ikkinchi oy ko‘paymoqda.

O‘tgan oyda umumiy kredit portfelidagi NPL ulushi 3,8 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

Banklar orasida NPL miqdori eng ko‘p “Milliy bank”da saqlanib qolmoqda va o‘tgan oyga nisbatan biroz ko‘paygan — 2,7 trln so‘m.

NPL ulushi bo‘yicha eng baland ko‘rsatkich hamon “O‘zagroeksporbank”da — bankning jami kreditlardagi NPL ulushi 76,5 foizni tashkil qildi. Shunga qaramay, bu yanvarga nisbatan 20 foizga kamroq.

Kiritildi: 14:04 28.03.2023. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!