Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinda

A A A
O‘zbekiston aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinda

Statistika agentligining xabar berishicha, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha 7-o‘rinda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga respublikamizda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.

2023 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha:

Armaniston – 35,5 kv. m, Moldova – 35,3 kv. m, Belarus R. – 29,4 kv. m, Rossiya – 28,2 kv. m, Qozog‘iston – 23,4 kv. m, Ozarbayjon – 20,1 kv. m, O‘zbekiston – 18,5 kv. m, Qirg‘iz R. – 13 kv. m, Tojikiston – 10,9 kv. metrni tashkil etadi.

Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.

Kiritildi: 15:15 09.12.2023. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!