O‘zbekiston Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan islomiy radikal «Tolibon» harakati a’zolari bilan gaz qazib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Shartnoma O‘zbekistondan Afg‘onistonda gaz qazib olishga sarmoya kiritishni nazarda tutadi. Jarayon Afg‘onistonning Juzjon va Faryob viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Shartnoma o‘n yil muddatga tuzilgan. Hujjatni Afg‘oniston Bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradara Oxunda va O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Ismatulla Irgashev imzoladi.