O‘zbekiston joriy yilning 1-oktyabridan Rossiya gazini Qozog‘iston orqali import qilishni boshlashni rejalashtiryapti. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev TASS'ga ma’lum qilgan.
“Rejaga muvofiq, 1-oktyabrdan O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish boshlanadi, barcha zarur infratuzilma va gaz quvurlari yuqori bosimli gazni qabul qilishga tayyor”, degan Energetika vazirligi rasmiysi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati Sank-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida "Gazprom" bilan respublikaga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha 2 yillik shartnoma imzolagan edi, yiliga yetkazib berish hajmi qariyb 2,8 mlrd kub metr tonnani tashkil qiladi.