Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Uzbekistan Airways yo‘lovchi samolyoti Rossiya hududiga uchib kira olmadi va Toshkentga qaytdi

Uzbekistan Airways yo‘lovchi samolyoti Rossiya hududiga uchib kira olmadi va Toshkentga qaytdi
Rossiyaning ayrim aeroportlarida havo kemalarini qabul qilish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar kiritilgani sababli, Tashkent va Termizdan uchib ketgan ikkita reysning bajarilishiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar bermoqda. Xususan: • HY603 Toshkent — Moskva (Domodedovo) qatnovi uchib ketish aeroportiga — Toshkentga qaytmoqda. HY604 qaytish qatnovining parvozi ham kechiktiriladi; • HY9609 Termiz — Moskva (Vnukovo) qatnovi Sankt-Peterburgdagi zaxira aerodromiga yo‘naltirildi. HY9622 Vnukovo — Andijon va HY9621 Andijon — Vnukovo qatnovlari parvozlarining kechiktirilishi kutilmoqda. Qatnovlarning kelgusida bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.
Kiritildi: 13:35 03.09.2026. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!