Bugun 3 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ilyos Zeytullayev va uning yordamchilari “Bunyodkor”ni tark etdi

Ilyos Zeytullayev va uning yordamchilari “Bunyodkor”ni tark etdi

Moliyaviy muammolarga duch kelgan va Superligada ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan “Bunyodkor”ni bosh murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamchilari tark etdi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Zeytullayev hamda uning yordamchilari Alessandro Spinolio, Andres Moauro hamda Marko Nikodemo o‘z xohishiga ko‘ra va tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida iste’foga chiqarilgan.

“Ilyos Bekirovich va uning yordamchilariga qiyin damlarda jamoaning kelajagi uchun amalga oshirgan samarali ishlari, mehnati, fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirgan holda mutaxassislarning murabbiylik faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!”, deyiladi klub xabarida.

Ilyos Zeytullayev ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali “Bunyodkor” muxlislari va futbolchilari bilan xayrlashdi.

Mutaxassis 2024 yil aprel oyida “qaldirgo‘chlar” jamoasida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ish boshlagan. O‘sha yilning kuzida esa jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan.

Zeytullayev jamoani qabul qilib olganida “Bunyodkor” Superliga turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bo‘lgani, 2025 yilgi mavsumni esa 5-o‘rinda yakunlaganini eslatib o‘tgan.

Biroq 2026 yilgi mavsum oldidan klub uzoq yillik homiysidan ayrilib, moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi. So‘nggi oylarda jamoaning moliyaviy muammolari yanada jiddiylashdi.

“Bunyodkor” avval sobiq futbolchisi Rivaldo oldidagi qarzdorligi sabab FIFA tomonidan transfer taqiqiga uchradi. Keyinchalik safar o‘yiniga borish uchun mablag‘ topa olmagani sabab jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi. Shundan so‘ng klubga 5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

Ammo oradan ko‘p o‘tmay, klubning yana bir sobiq legioneri — yaponiyalik Isuki Urata oldidagi qarzdorlik bo‘yicha FIFA qarori ham ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda “Bunyodkor” ketma-ket to‘qqizta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Toshkent klubi 19 ochko bilan Superliga turnir jadvalining 15-o‘rinida bormoqda.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!