Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

#RASMIY_MUNOSABAT Glinka ko‘chasidagi hodisa yuzasidan ma’lumot

#RASMIY_MUNOSABAT Glinka ko‘chasidagi hodisa yuzasidan ma’lumot



Glinka ko‘chasida yo‘l qoplamasining bir qismi shikastlangani aniqlandi. Mazkur holat Toshkent shahar hokimligi tomonidan alohida nazoratga olindi.

Ayni paytda hodisa joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda. Hodisa sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini bartaraf etish hamda shikastlangan qismni tiklash ishlari ular tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi barcha jalb etilgan xizmatlarning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirib, hududda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Vaziyat va olib borilayotgan ishlarning har bir bosqichi doimiy nazoratda.

Hodisaning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda. Tekshirilgan va tasdiqlangan ma’lumotlar asosida Toshkent shahar hokimligi jamoatchilikni vaziyat hamda ko‘rilayotgan choralar haqida muntazam xabardor qilib boradi.

Glinka ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Haydovchilardan o‘z yo‘nalishlarini rejalashtirishda ushbu cheklovni inobatga olishlarini so‘raymiz.

Hodisa oqibatida bir nafar shaxs yengil tan jarohati olganligi aniqlandi va unga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Kiritildi: 17:45 03.09.2026. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!