Buxoro klubi matbuot xizmati vakillari 2 oydan beri maosh olmayotgani ma’lum bo‘ldi.
Telegramdagi kanalda quyidagi mazmunda post joylashtirildi:
Ushbu kanal PFK "Nurafshon" ("Buxoro professional futbol klubi" MCHJ) rahbariyati (bosh direktor F.Xamrayev, bosh murabbiy U.Toshev) tomonidan matbuot xizmati 4 nafar xodimlarining 2 oylik (iyul-avgust) maoshlari to‘lab berilganidan so‘ng o‘z faoliyatini davom ettiradi.
P/s: Boshqa xodimlar iyun oyidan buyon oylik maoshlarini olishmagan ekan.
Ta’kidlash kerakki, bu holat o‘zbek futbolida avval kuzatilmagan, aniqrog‘i, hech bir klub matbuot xizmati ish tashlash e’lon qilmagan.