Bugun 26 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

 O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi

“O‘zbek-Fransuz universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–354-son, 26.11.2025 y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko‘ra, O‘zbek-Fransuz universiteti tashkil etiladi.

🔰 Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston qonunchiligi talablari hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida amalga oshiradi.

✅ Universitetda dastlabki bosqichda magistratura, keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktoranturada kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

📑 Shuningdek, Universitetga kirish uchun tayyorlov kursi joriy etiladi.

💸 Ta’lim jarayoni maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

📙 Bitiruvchilarga Universitet diplomi va (yoki) Fransiya Respublikasida akkreditasiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari bo‘yicha konsorsium tarkibiga kirgan tegishli Fransiya universitetining diplomi beriladi.

☑️ Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Kiritildi: Bugun 19:34. O'qildi: 194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!