Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“UzAvto Motors” AJ onlayn savdo platformasi uchun 36,6 milliard so‘mga xavfsizlik kompleksini sotib oldimi?

“UzAvto Motors” AJ onlayn savdo platformasi uchun 36,6 milliard so‘mga xavfsizlik kompleksini sotib oldimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “UzAvto Motors” AJ onlayn savdo platformasi uchun 36,6 milliard so‘mga xavfsizlik kompleksini sotib olganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, dasturiy-texnik kompleksni xarid qilish yuzasidan tender o‘tkazilganligini ma’lum qilamiz.

Dasturiy-texnik kompleksni xarid qilish bo‘yicha tender jarayoni tartibi hamda xarajatlar va texnik topshiriqlar bo‘yicha Ekspertiza markazining xulosasi bilan etender.uzex.uz sayti orqali onlayn rejimda tanishishingiz mumkin.

Ta’kidlash joizki, dasturiy-texnik kompleks onlayn savdo platformasi maydonchasi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, real vaqt rejimida avtomobil sotib olishda kiberhujumlar, firibgarlik va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish uchun zarurdir.

Kiritildi: 22:45 26.07.2024. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!