Raqobat qo‘mitasi tomonidan "UzAuto Motors" AJ dilerlik shartnomalari tahlil qilinganda, 8 ta band va 45 ta kichik banddan iborat shartnomada qonunchilikka zid holatlar aniqlandi:
➖ 21 ta kichik band qayta ishlab chiqildi va qonun talablariga muvofiqlashtirildi;
➖ pulni qaytarish muddati 30 kundan 10 kungacha qisqartirildi;
➖ avtomobil yetkazib berishdagi kechikishlar bilan bog‘liq band fors-major bo‘limiga ko‘chirildi;
➖ takroran shartnoma tuzganda yetkazib berish muddatini 120 kungacha uzaytirish haqidagi band to‘liq bekor qilindi;
➖ sotuvchining qonunda belgilangan majburiyatlari shartnomada aniq ko‘rsatib o‘tildi.
Raqobat qo‘mitasi talabiga ko‘ra o‘zgartirishlar kiritildi.