Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

UzAuto Motors qachongacha xalqni aldayveradi?

A A A
UzAuto Motors qachongacha xalqni aldayveradi?

Besh-olti kunlik “inventarizasiya”dan so‘ng UzAuto Motors yana narx oshishini e’lon qildi. O‘zi shundog‘am bola-chaqasining rizqidan qiyib, qarz olib, “vikupka” qilib, zo‘rg‘a mashina olayotgan fuqarolar monopolchi avtozavodimiz va uning rahbarlarini bisotlaridagi “shirin” so‘zlar bilan eslab qo‘ygan bo‘lsalar ham kerak. Ba’zi modellarning narxi 20 foizgacha oshganini nima bilan izohlashar ekan?!

"O‘zavtosanoat" AK boshqaruvi raisi 2018 yilning iyul oyida, GM avtomobillariga navbatdagi narx oshishi oldidan xalqaro press-klub yig‘ilishida aytgan so‘zlarini bir yodga olsak...

O‘shanda Shavkat Umurzoqov 2019 yilda mahalliy avtomobillarga narxlarni tushirishga va’da bergan edi.

"Kelgusi yilda turli xil chegirmalar paydo bo‘lishiga va’da beraman, narxlarni pasaytirishga harakat qilamiz. 2019 yilda hammasi qanday o‘zgarishini his qilasiz ”, degan qop-qop va’dalarni bergan edi.

O‘sha gapning ertasiga GM avtomobillari narxi o‘rtacha 14 foizga ko‘tarilgan edi.

Umurzoqovning o‘shanda og‘zini to‘ldirib, tarixda birinchi marta "O‘zavtosanoat" tarkibiy ishlab chiqaruvchilardan 20 foizlik chegirma olgani, bu esa avtomobil narxini 9 foizga pasayishiga olib kelishini maqtangan edi.

Xo‘sh, mana ikki yil o‘tdi. Narxlar tushdimi? Hamma bitta-bitta avtomobil sotib olib, maza qilibyuribdimi? Tushingizni suvga ayting! Mana UzAuto Motors yana narxlarni oshirib tashladi. O‘zi shundoq ham “o‘zimizning” mashinani chet elda sotilishidan qimmatga olamiz.Endi yanada qimmatlashishiga nima sabab bo‘ldi? 

"O‘zavtosanoat" AK boshqaruvi raisi ikki yil oldin “pul mablag‘i yetishmovchiligi bor”, degan edi. Janob Umurzoqov, qanaqasiga mablag‘ yetishmovchiligi bo‘lsin? Axir sizning korxonangiz hali yasalmagan mashina uchun pulni ilgariyam, hozir ham oldindan olyapti-ku! O‘sha pullar qayoqqa ketyapti?! Nega butun dunyodagi avtomobil zavodlari sizdek oldindan pul olib ishlamasa ham, narxlari oshib ketmaydi?! Nega qo‘shnilar masalan, Rossiya o‘zida ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 0 foizli kreditlar bersa ham narxi 21 foizga oshmaydi?

Yana qizig‘i, eng bozorbop, xalqchil mashinalarning narxi ko‘tarilgan. Yuqori narx segmentidagi avtolar –  Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgarishsiz qolgan. To‘g‘ri-da, boylarni qiynab nima qilamiz? 

Oddiy xalqning chekiga tushgani sabr qilish va... navbatdagi narx oshishini kutish.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 17:53 10.03.2020. O'qildi: 5877 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!