Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

UzAuto Motors Damas va Labo sotuvini ham vaqtincha to‘xtatdi

A A A
UzAuto Motors Damas va Labo sotuvini ham vaqtincha to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi dilerlari bugun, 13 dekabrdan boshlab Damas mikroveni va Labo kichik pikapi uchun shartnomalar tuzishni to‘xtatdi.

Toshkentdagi avtosalonlardan birining xodimi Kun.uz bilan suhbatda shartnoma tuzish keyingi yildan boshlanishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Kompaniya 8 dekabrdan Lacetti va Cobalt uchun shartnoma berishni ham to‘xtatgan edi. Har ikki holatda ham mijozlarga bu borada oldindan anons yoki keyingi izohlar berilmadi.

Avvalgi yillarda kontraktasiya to‘xtab, narxlar oshgan holda qayta ochilgani xaridorlarningf narx oshishi borasidagi xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘tgan oylarda Spark va Nexia avtomobillari ishlab chiqarishdan olingan, natijada ayni paytda mijozlar faqat yangi Onix modeli uchun shartnoma qilishi mumkin.

“UzAutoSavdo” ilovasiga ko‘ra, Onix uchun navbat 5300ta avtomobilni tashkil etadi. Shartnomalar 2023 yil 31 dekabr sanasiga qadar avtomobil yetkazib berish sharti bilan tuzilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2023 yilda Cobalt va Damas ishlab chiqarishni oshirib, Gentra ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 14:59 13.12.2022. O'qildi: 3099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!