Boysun tumanida 2021-yil 30-sentyabr kuni soat 18.00 larda, tumanning “Mustaqillik” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli bog‘ ichida, tumanning “Ariq usti” mahallasida yashovchi, K.Ixtiyor o‘ziga tanish bo‘lgan, tumanning “Tuzbozor” mahallasida yashovchi, S.Shokir bilan o‘zaro janjallashib qolib, yonida bo‘lgan pichoqcha bilan K.Ixtiyorni ko‘krak qafasi chap tomoniga bir marotaba sanchib, “hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir” tan jarohati etkazgan.
1-oktyabr kuni S.Shokirga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.