Oltiariq tumanida pensiyadagi A.E. ismli fuqaroning giyohvand moddalarni yetishtirgani uchun jarimaga tortilgani ma’lum bo‘ldi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining qaroriga ko‘ra, A.E. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya’ni 8.5 million so‘m jarimaga tortilgan.
Ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Oltiariq tuman bo‘limiga kelib tushgach, davlat ijrochisi qarzdorga 15 kun ixtiyoriy muddat bergan. Biroq, A.E. aybini tan olmay, o‘simlik uning xonadonida "o‘t-o‘lanlar orasida chiqib qolganligi"ni vaj qilib, jarimani to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Qarzdorning bu harakatidan so‘ng, MIB xodimlari majburiy ijro harakatlarini olib borish uchun A.E.ning yashash xonadoniga borishgan. Shundagina A.E. ularni to‘xtatib, o‘sha kunning o‘zida 8 500 000 so‘m jarima pullarini to‘liq bartaraf etgan.
Mazkur ijro ishi amalda tamomlandi.