Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Uylanish uchun o‘n uch yoshli qizcha o‘g‘irlandi

Uylanish uchun o‘n uch yoshli qizcha o‘g‘irlandi

Ingushetiyada 13 yoshli qizni unga uylanish uchun o‘g‘irlab ketildi, deb xabar berdi RIA Novosti viloyat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga asoslanib.

Noma’lum kimsa o‘g‘irlab ketgan

“Joriy yilning 14 avgust kuni kechqurun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Nazran shahri bo‘limi qo‘ng‘iroq qilish punktiga 36 yoshli mahalliy fuqarodan uning 13 yoshli qizini “VAZ-2110” rusumli avtomashinasini boshqarayotgan noma’lum kimsa o‘g‘irlab ketgani to‘g‘risida” xabar kelib tushgan. Mahalliy polisiya xodimlari voyaga etmagan qizaloqni topib, uni ota-onasiga topshirishgan.

“Qiz o‘g‘risi” qo‘lga olingan

Qizni o‘g‘irlashda gumon qilingan mahalliy fuqaro polisiya tomonidan qo‘lga olingan.  

“Odam o‘g‘irlash”  jinoyati alomatlari

“Ma’lum bo‘lishicha, 19 yoshli qishloq fuqarosi qizaloqni nikohiga olish maqsadida o‘g‘irlab ketgan. Qiz o‘g‘irisining harakatlarida Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining “Odam o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha jinoyat alomatlari bor”, deb ta’kidlaydi IIV vakili.

Polisiya tomonidan to‘plangan materiallar keyinchalik prosessual qarorlarni qabul qilish uchun tergov organlariga yuborilgan.

Kiritildi: 23:00 16.08.2019. O'qildi: 3032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!