Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Uylanish arafasida turgan yigit aliment qarzini to‘liq uzdi

Uylanish arafasida turgan yigit aliment qarzini to‘liq uzdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor M.M.dan undiruvchi R.N.ning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Qayd etilishicha, uylanishdan, ya’ni yangi oila qurishdan oldin farzandlarining moddiy ta’minoti va majburiyatini anglagan qarzdor M.M. farzandlarining 18 yoshgacha bo‘lgan aliment pullarini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishgan holda oldindan to‘lab berishini aytib, MIBning Farg‘ona shahar bo‘limiga murojaat qilgan.

Uning murojaati qoniqtirildi va Farg‘ona shahrida yashovchi ota farzandlari uchun 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘lashi kerak bo‘lgan aliment pullarini (3.500 AQSh dollari miqdorida) avvaldan to‘lab qo‘ydi. Shu bilan ijro hujjati yopildi.

Kiritildi: Bugun 00:00. O'qildi: 559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!