Shvesiyalik olimlar it bor oilada uning a’zolari bir-biriga va atrofdagilarga mehribon bo‘lishi, kamroq stressga tushishini isbotladi.
Bundan tashqari:
1-fakt. Astma kasalligidan aziyat chekayotgan maktab yoshgacha bolalarning 31 foizida, o‘quvchilarda esa 52 % kasallik alomatlari kamaygani qayd etilgan.
2-fakt. Britaniyalik olimlar esa ishdan charchab kelgan insonlarni xursand holda kutib olgan itlari ulardagi charchoq va stressni olishi natijasida bunday odamlarda xafaqon va yurak kasalliklari 65 foizga kamayganligini qayd etishadi.
3-fakt. AQSh olimlari o‘z egasiga vafodor bo‘lgan itlar ularning depressiyaga tushishi oldini olishini isbotlashdi. Buning uchun kuniga 2-3 marotaba itingiz bilan o‘ynab, uni silasangiz kifoya.
4-fakt. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, italiyalik shifokorlar saraton, prostata rivojlanayotgan odamdagi kasalliklarni 97 foizgacha aniqlay olishini isbotlashdi. Bunday holatda itlar kasallangan egasining oldidan ketmay qoladi. Uning atrofida girdikapalak bo‘lib, “yordam” berishga harakat qiladi.
5-fakt. Qonda qand miqdorini aniqlashga yordam beradi. Agar egasining qonida qand miqdori kamayib ketsa, ular bezovta bo‘lishadi.
6-fakt. Yaponiyalik olimlar 75 foiz it egalari ularni sayr qilishga olib chiqishlari natijasida odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari deyarli uchramasligini isbotlashdi.
7-fakt. Itlar ovqatdagi allergiya qo‘zg‘atuvchi kimyoviy moddalar va allergenlarni topa olishadi va ularni yeyishmaydi. Kolbasa sotib olsangiz avval itingizga berib ko‘ring, yemasa, siz ham yemang.
8-fakt. Itlar achomlashishni yaxshi ko‘rishadi. Buning natijasida odamning qonida oksitosin, ya’ni mehr va sevgi garmoni ishlab chiqarilishi ko‘payadi. Shu sababli it boqqan insonlar boshqalarga nisbatan mehribonroq bo‘lishadi.