Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi haqida 5 savolga 5 javob

A A A
Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi haqida 5 savolga 5 javob

Uy-joy uchun subsidiya olish tartibi haqida 5 savolga 5 javob

🔹Subsidiya kimlarga beriladi?

👉 Subsidiya olish maqsadida ariza bilan 18 yoshga to‘lgan fuqarolar murojaat qilishi mumkin.

👉 Subsidiya daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.

🔰 Daromadi yuqori bo‘lmagan oila deb esa quyidagilar e’tirof etiladi:

● Qishloqlarda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 so‘mgacha);

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming so‘mgacha);

Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 so‘mgacha) bo‘lgan oilalar.

🔹Ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori qancha?

👉 2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori:

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 327 mln 250 ming so‘m;
➖Toshkent shahrida – 416 mln 500 ming so‘m.

🔹Ipoteka kreditining foiz stavkasi qancha va uning qancha miqdori qoplab beriladi?

👉 Ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ajratiladi.

➡️ Subsidiyalar:

➖kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – 32 million so‘m;
➖kredit bo‘yicha foizning bir qismini qoplash uchun – birinchi 5 yilda 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi.

🔹Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

👉 Subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🔹Qanday hujjatlar talab qilinadi?

➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari;
➖oila a’zolarining shaxsiy identifikasiya raqami ma’lumotlari va nikoh guvohnomasi, farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari (mavjud bo‘lganda);
➖nikoh bekor qilinganligiga oid hujjatlar yoki oilaviy holati to‘g‘risida FHDYo organlari arxividan ma’lumotnoma;
doimiy ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar;
➖doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi;
➖ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Kiritildi: 23:44 13.03.2022. O'qildi: 6545 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!