O‘sish yetakchilari Armaniston (7,4 foiz) va Qirg‘iziston (6,2 foiz) bo‘ldi. “Beshta” davlatning hech birida salbiy ko‘rsatkichlar yo‘q.
“Biz investisiya faolligining jadal sur’atlarini ko‘rmoqdamiz. Darhaqiqat, investisiyalarning o‘sish sur’ati jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan uch baravar yuqori. Buni ishlab chiqarish sanoati va qurilishdagi yuqori o‘sish sur’atlari tasdiqlaydi, ular 6-8 foizga yetdi. Inflyasiya darajasi ikki baravar kamaydi, YEOII davlatlarining moliyaviy barqarorligi yaxshilanmoqda”, - dedi YEIK vaziri Sergey Glazev.