Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘tgan yili 19 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

A A A
O‘tgan yili 19 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migrasiya bosh boshqarmasi ma’lumotiga qaraganda, o‘tgan 2019 yilda 498 ming xorijlikka mazkur mamlakatning fuqaroligi berilgan. 

Rossiya fuqaroligini olganlarning asosiy qismi – qariyb 300 mingi ukrainalikdir. Shuningdek, 50,5 ming qozog‘istonlik, 44,7 ming tojikistonlik, 19,4 ming o‘zbekistonlik, 9,3 ming qirg‘izistonlik va 1,4 ming turkmanistonlik ham Rossiya pasportini olgan. 

O‘tgan yili 13,8 million xorijlik migrasiya ro‘yxatiga olingan, ulardan 5,5 millioni Rossiyaga ishlash uchun kelganini ma’lum qilgan. 1,77 million xorijlik ishlash uchun patent olgan. 

Kiritildi: 16:18 23.01.2020. O'qildi: 2354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!