"Barselona"ning sobiq himoyachisi Inigo Martines o‘tgan mavsumda "Real"ga qarshi o‘yinlar haqida gapirdi.
"O‘tgan mavsumda "Real" qo‘rqqan yagona jamoa "Barselona" bo‘ldi. Bu aniq va sezilarli edi. Biz maydonga chiqdik va bir necha daqiqadan so‘ng ularning asabiylashayotganini va bir-biridan g‘azablana boshlaganini ko‘rdik. Ular bizga yetib olisholmadi. Biz o‘zimizni shunday his qilardik. Shuning uchun biz ularni mag‘lub etganmiz," - deya Martinesning Jijantes FC dasturidan iqtibos keltiradi Reddit.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" o‘tgan mavsumda o‘zaro o‘yinlarning barchasida "Real"ni mag‘lub etgan - 4:0 (La Liga), 5:2 (Superkubok), 3:2 (Kubok) va 4:3 (La Liga).