Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

“O‘tgan dam olish kunlari Falastindagi eng qonli kunlardan biri bo‘ldi” — Josep Borrel

“O‘tgan dam olish kunlari Falastindagi eng qonli kunlardan biri bo‘ldi” — Josep Borrel

G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish deyarli imkonsiz bo‘lib qoldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrel ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxiri Falastin anklavidagi eng qonli kunlardan biri bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, 100 dan ortiq falastinliklar Isroil zarbalari qurboniga aylangan.

Fuqarolik jamiyati tuzilmasi parchalanmoqda, — dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari G‘azodagi mavjud vaziyatni sharhlar ekan.

Siyosatchi, shuningdek, mojaroning Livan janubi va uning atrofidagi hududlarga tarqalish xavfidan xavotir bildirgan. U har kuni inqiroz tobora kuchayib borayotganini aytib, chegaraning ikki tomonida (Isroil va Livan o‘rtasidagi) portlashlar ko‘payayotganini ta’kidlagan.

Borrel Yevropa Ittifoqining G‘azo sektorida yana bir bor zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga erishish uchun sa’y-harakatlarini kuchaytirishga chaqirgan.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rafahda HAMASga qarshi shiddatli janglar fazasi tez orada pasayishini aytgan edi. U G‘azodagi janglarning intensiv bosqichi ham tez orada yakunlanishi bildirgan. Netanyaxu shimoldagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuv faqat Isroil shartlariga ko‘ra amalga oshishini ta’kidlagan. U HAMAS bilan qisman kelishuvga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:15 24.06.2024. O'qildi: 943 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!