O‘tgan 10 oy davomida o‘z vaqtida to‘lanmagan 151 mlrd. so‘m ish haqi mehnatkashlarga undirib berildi
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kasaba uyushmalari federasiyasi axborot xizmati rahbari Muhabbat O‘rmonbekova ma’lum qildi.
⚫️Joriy yilning o‘tgan davrida kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 150 ming nafardan ziyod xodim va ularning oila a’zolari, 300 nafardan ortiq urush va mehnat fronti faxriysi imtiyozli asoslarda sog‘lomlashtirildi.
⚫️Kam ta’minlangan, ko‘p bolali va yosh oilalar vakillari, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar uchun aksiyalar tashkil etilib, ulardan qariyb 3 ming nafari bepul yo‘llanmalar bilan sog‘lomlashtirildi.
⚫️Kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida 1000 nafarga yaqin bola sportning og‘ir atletika, yengil atletika, yunon-rum kurashi, qilichbozlik, boks, xokkey, suzish, parakanoe va akademik eshkak eshish, baydarka, kanoe va slalomda eshkak eshish turlari bo‘yicha shug‘ullanib kelmoqda.
⚫️Bundan tashqari jamoa shartnomalariga binoan 98 ming 436 nafar xodimga to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash imkoni yaratildi. 2 mln. 188 ming nafardan ziyod xodim asosiy uzaytirilgan, 2 mln. 940 ming nafardan ziyod xodim esa yillik qo‘shimcha ta’tillardan foydalanmoqda.
⚫️2023 yilning 10 oyi davomida jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 156 ming 108 nafar fuqaroga va 65 ming 55 ta oilaga qariyb 144 milliard so‘mlik ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi.