Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi

Shavkat Mirziyoyev Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28 sentyabr kuni tashrif bilan Berlin shahriga keldi.

“Berlin-Brandenburg” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Berlin federal o‘lkasi ichki ishlar, raqamlashtirish va sport vaziri Iris Shpringer va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ertaga, 29 sentyabr kuni O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi, Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansler Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Tashrif dasturidan ishbilarmonlik tadbirlari ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 23:20 28.09.2023. O'qildi: 2221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!