Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

USAID ukrainaliklarga yana 80 ta generator va 22 500 adyol sovg‘a qildi

USAID ukrainaliklarga yana 80 ta generator va 22 500 adyol sovg‘a qildi

AQSh davlat gumanitar yordam agentligi USAID ukrainaliklarga 80 ta generator va 22 500 adyol sovg‘a qildi.Bu haqda juma kuni AQShning Kiyevdagi elchisi Bridjit Brink ma’lum qildi.

«Rossiya chiroqlarni o‘chirishga urinayotgan bir paytda, USAID-Ukraina 80 ta generator yetkazib bermoqda», — deb yozdi elchi tvitterda.

Brinkning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rpalar butun mamlakat bo‘ylab rasmiylar ochayotgan issiqlik stansiyalariga boradi.

Bu partiya Ukraina USAID orqali oladigan umumiy yordam dasturining faqat bir qismidir. Noyabr oyi boshida AQSh Davlat departamenti vakili hukumat shu maqsadda yana 55 million dollar ajratganini e’lon qilib, USAID Ukrainaga jami 1600 ta generator yetkazib berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Kiritildi: 20:45 25.11.2022. O'qildi: 1689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!