Ikkinchi jahaon urushida bizning to‘rt oyoqli do‘stlarimiz insonlar bilan yonma yon turib, jang qilishgan. Itlar urush davrida 700 mingdan ko‘proq yaradorlarni jang maydonidan olib chiqishgan. Jang maydoniga o‘q-dori, oziq-ovqat, dorilarni yetkazishda xizmat qilishgan.
Aynan itlar yordamida 303 ta shaharlar minadan tozalangan. Aynan o‘rgatilgan itlar yordamida dushman tanklari portlatilgan, buning uchun ularga mina bog‘lashgan. Itlar tankning tagiga kirgach, mina va itning o‘zi ham portlagan. Urush davrida shu taxlika 300 ta dushman tanki portlatilgan.
Itlarning qahramonligi uchun ular ham medal bilan taqdirlangan.
14 muhandislik-saper brigadasida xizmat qilib, hayoti davomida 7468 ta minani topishga yerdam bergan. Chexoslavakiya, Avstriya, Ruminiya, Vengriya hududlarida 150 ta snaryadni topib, zararsizlantirishda yordam bergan. Bir necha marotaba yaralangan. Aynan sodiqligi va qahramonligi uchun «Jangavor xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
Moskvada 1945 yili o‘tkazilgan g‘alaba paradida yaralanganligi uchun yura olmagan Yo‘lbarsni Stalin shinelini yechib berib, unda itni maydondan olib o‘tishni buyurgan.
2. Dina laqabli ovcharka – birinchi it-diversant
Belorussiya hududini ozod etishdagi janglarda qatnashib, Polosk-Drissa yo‘nalishidagi eshalonni portlatishda qatnashib, tirik qolgan. Shuningdek Polosk shahrini minalardan tozalashga yordam bergan. Bir necha marotaba yaralangani uchun uni tuzatishgach, front ortiga umrini tinch o‘tkazishi uchun jo‘natishgan.
3. Dik laqabli shotlandiya kollisi
Minoiskatel. Dik «proxodil slujbu» vo 2-om otdelnom polku spesialnoy slujbi – «Keleskiy» nomli maxsus brigadaning 2 bo‘limida xizmat qilib , minalarni topishga ixtisoslashgan. Leningrad viloyatining Pavlovsk saroyi tagiga qo‘yilgan 2,5 tonnalik minani portlashidan 1 soat oldin topgan. Dik umri davomida 12 ming dona minani topib, zararsizlantirishda qatnashgan. Halok bo‘lgan Dikni izzat bilan soldatlar qabri yoniga alohida ko‘mishgan.