Qo‘shma Shtatlarning sukunati, dunyodagi boshqalarning sukunati Rossiya prezidenti Vladimir Putinni faqat rag‘batlantiradi.
Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy respublika hududiga berilgan zarbaga izoh berar ekan, o‘zining Telegram-kanalida yozdi.
"Dunyo dam olish kunlariga borishi mumkin, ammo urush dam olish kunlari va ish kunlariga qaramay davom etmoqda. Buni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Amerikaning, dunyodagi boshqalarning jim turishi Putinni faqat rag‘batlantiradi. Rossiya rahbariyatiga haqiqatan ham kuchli bosim o‘tkazmasdan turib, bu shafqatsizlikni to‘xtatib bo‘lmaydi," - dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada "aniq sanksiyalar yordam beradi." U AQSh va Yevropani qat’iyatga chaqirdi.