Eronning Isroilga bergan zarbalari natijasida og‘ir yaralangan ayol shifoxonada vafot etdi.
Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar Tel-Avivga jiddiy zarar yetkazgan, odamlar binolar vayronalari ostida qolgan bo‘lishi mumkin.
Milliy tibbiyot xizmati 63 nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilganini xabar qildi.