Bugun 16 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Urush boshidan buyon Rossiyaning chegara hududlarida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Urush boshidan buyon Rossiyaning chegara hududlarida qancha odam halok bo‘lgani aytildi

2022–2024 yillarda Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida 398 kishi halok bo‘ldi, 1157 kishi jarohatlandi, deya ma’lum qildi Rossiyadagi Inson huquqlari bo‘yicha komissari (ombdusmen) Tatyana Moskalkova.

Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati Belgorod viloyatiga to‘g‘ri keladi. Iyul oyida Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkov 2,5 yil ichida mintaqada 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini aytgandi.

Rossiyaning chegaradosh hududlari, qo‘shni Ukraina hududlari kabi, doimiy ravishda o‘qqa tutiladi va uchuvchisiz moslamalar (dronlar) hujumiga duchor bo‘ladi.

Avgust oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari bostirib kirgan Kursk viloyatining bir qancha tumanlarida esa shiddatli janglar ketmoqda.

Moskalkovaning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatidan Moskva viloyatiga ruhiy holati buzilgan 500 kishi olib ketilgan.

Kiritildi: 01:30 15.10.2024. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!