Bu haqda Urugvay prezidenti Yamandu Orsi ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
“Biz o‘rtoqimiz Pepe Muxika vafot etganini chuqur qayg‘u bilan e’lon qilamiz”, — deyiladi nashrda.
Orsining so‘zlariga ko‘ra, Muxika nafaqat prezident, balki faol, namuna va yetakchi ham bo‘lgan. “Sizni juda sog‘inamiz, aziz qariya, bizga bergan barcha narsangiz va xalqimizga bo‘lgan ulkan mehringiz uchun rahmat”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Yanvar oyida Muxika o‘ziga tashxis qo‘yilgan qizilo‘ngach saratoni boshqa a’zolarga o‘tgani va uni davolash mumkin emasligini ma’lum qilgan va vatandoshlari bilan xayrlashgan edi.