Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘rta va oliy ta’limdagi institusional o‘zgarishlar qanday natija berdi?

A A A
O‘rta va oliy ta’limdagi institusional o‘zgarishlar qanday natija berdi?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari 2017-2022 yillarda O‘zbekistonda o‘rta va oliy ta’lim sohalarida ro‘y bergan institusional o‘zgarishlar va qabul qilingan qonunlarning amaldagi ijrosini tahlil qildi.

O‘rta ta’limda: 2018-yilning 08-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror respublikamizda jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan baholash amaliyotining tatbiq etilishi uchun huquqiy asos yaratdi.

2019-yilda BMTning bolalar jamg‘armasi - UNICEF bilan hamkorlikda 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish, matematika, tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan baholash natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra o‘quvchilar:

- tabiiy-ilmiy yo‘nalishda demokratik jamiyat, fuqarolarning huquq va burchlari tushunchasiga (71,1%), matematika yo‘nalishida tenglama va tengsizliklarni yechish ko‘nikmasiga (67,2%) egaligi bo‘yicha eng yuqori ball to‘pladi;

- tabiiy-ilmiy (tarixiy sanalar, atrof-muhit, inson salomatligi va xavfsizligi, ekologiya), matematika (hisoblash va tenglamalar) hamda matnni o‘qish (berilgan aniq ma’lumotlarni topish) yo‘nalishlaridagi savollarga javoblar bo‘yicha jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkich (55%) dan yuqori natijaga erishdi;

- g‘oyalarni talqin va integrasiya qilish (o‘qish) va tadqiqot ko‘nikmalari (tabiiy-ilmiy) bo‘yicha chegaraviy qiymat darajasida (50%) ekanliklarini ko‘rsatdi;

- kommunikasiya va muammolarni hal qilishning umumiy strategiyasi (matematika) (34,1) hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xulosa chiqarish (o‘qish) ko‘nikmalari bo‘yicha eng past ballni to‘pladi.

2022-yilda USAID bilan hamkorlikda 3-sinf va 5-sinf o‘quvchilarining o‘qish va matematika bo‘yicha (EGRA) ko‘nikmalarini baholash natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, o‘rta ta’limning sifati (5-sinf o‘quvchilarining natijalari) boshlangich ta’lim (3-sinf o‘quvchilarining natijalariga qaraganda) sifatidan ortda qolayotgani, maktabga muntazam qatnovchi o‘quvchilarning natijalari vaqti-vaqti bilan dars qoldiruvchi o‘quvchilarnikidan yuqoriligi aniqlandi.

2022-yilda 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha savodxonlik ko‘nikmalari (PISA) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda baholandi.

O‘rta ta’limning 3-, 6-, 7- va 10-sinf o‘quvchilari uchun darsliklar baholash natijalari asosida, baholash jarayonida aniqlangan zaif jihatlarni bartaraf etishni hisobga olgan holda qaytadan chop etildi.

Oliy ta’lim tizimida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Farmoni tizimini isloh qilish uchun huquqiy asos yaratdi. Natijada 2017-2023 yillar oralig‘ida:

- "QS World University Rankings"da eng yaxshi mingtalikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari soni 3 tadan 9 taga;
- Jami xorijiy oliy ta’lim muassasalarining soni 7 tadan 28 taga;
- xususiy oliy ta’lim muassasalari soni 53 taga yetdi.

Shuningdek, oliy ta’lim xizmatlari bilan aholining barcha qatlamlarini qamrab olish uchun alohida kvotalar ajratildi. Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 38 foizga oshdi.

Kiritildi: 22:03 12.03.2023. O'qildi: 3035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!