Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnat ta’tili beriladimi?

A A A
O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnat ta’tili beriladimi?

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi (http://lex.uz/docs/2070161). Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

Agar o‘rindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, u holda o‘rindoshlik asosidagi ishda ta’til uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosidagi ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Kiritildi: 15:18 28.01.2020. O'qildi: 2779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!