Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘rikzor savdo majmuasi yopiladi”, degan xabarlar tarqaldi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi rasmiy bayonot berdi va mazkur ma’lumotlarni rad etdi.
Rasmiylarga ko‘ra, “O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ tugatilishi yoki uning faoliyati to‘xtatilishi haqida hech qanday qaror qabul qilinmagan.
Aksincha, majmua hududidagi barcha ob’ektlar o‘z ishini belgilangan tartibda, haftasiga 7 kun, dam olish kunlarisiz, davom ettirmoqda.
Shuningdek, fuqarolardan faqat rasmiy manbalarga ishonish so‘raldi.