Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Urganchdagi monitorda pornografik video namoyishiga sababchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi

A A A
Urganchdagi monitorda pornografik video namoyishiga sababchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudi tomonidan 1978 yilda tug‘ilgan I. I. ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, I. I. monitorlarda reklama joylash bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonada haydovchi lavozimida ishlab, qo‘shimcha ravishda shahardagi monitorlarga reklama joylash vazifasini bajarib kelgan. 31 mart kuni I. I. Urganch shahrining Al-Xorazmiy va Xonqa ko‘chasi chorrahasida o‘rnatilgan reklama monitoriga 20 tadan ortiq videomaterialni joylab, monitorda pornografik mazmundagi videolavhalar namoyish etilishiga sababchi bo‘lgan.

Sud huquqbuzarning ko‘rsatmasi, ishga doir hujjatlarni o‘rganib qaror qildi.

Qarorga ko‘ra I. I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasi (pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) da ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Kiritildi: 22:32 02.04.2022. O'qildi: 4617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!