Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Urganch Xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi

Urganch Xalqaro aeroporti vaqtincha yopildi

Urganch Xalqaro aeroporti aerodromida ko‘p qor yog‘ganligi va aerodrom yo‘lining muzlaganligi sabab aviaparvozlar uchun vaqtincha yopildi.

Urganch Fuqaro aviameteorologik stansiyasi sinoptiklari tun bo‘yi kuchli qor yog‘ishi davom etishini prognoz qilishmoqda. Buning hisobiga, aerodromning samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida muzlama koeffisiyenti 0,3 dan past bo‘ladi. Bu ko‘rsatgichda aerodromga samalyot qo‘ndirish va samalyot parvozlarini amalga oshirish mumkin emas.

Aeroport navbatchi sinoptigi va bosh dispecher qaroriga ko‘ra, Urgench xalqaro aeroporti 19 yanvar soat 05:00 gacha vaqtincha yopiladi. Bu vaqtda ikkita avirayeys zaxira aerodromlariga qo‘ndirilishi mumkin.

Hozirda bortida 98 kishi bo‘lgan ''Istambul-Urganch'' yo‘nalishidagi HY-280 aviareys ob-havoning noqulayligi tufayli Toshkentga qo‘ndirilgan. Yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtirilgan va ertaga ertalab boshqa reys bilan Xorazmga uchib ketishadi.

Kiritildi: 21:20 18.01.2022. O'qildi: 3267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!