Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘quvchilarning ta’lim olishiga qaysi omillar salbiy ta’sir qiladi?

O‘quvchilarning ta’lim olishiga qaysi omillar salbiy ta’sir qiladi?

Mutaxassislar O‘zbekiston maktablarida bullingga qarshi turli dasturlar va mexanizmlarni joriy etishni taklif qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi maktablarida o‘quvchilarning ta’lim olish samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri bulling yoki bezorilikdir. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ushbu muammolar o‘quvchilarning akademik natijalariga qanday ta’sir qilishi tahlil etildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilda olingan PISA so‘rovi ma’lumotlari asosida har yetti o‘quvchidan biri maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va ko‘pincha zo‘ravonlikka yoki bezorilikka guvoh bo‘ladi. Maktabdagi bulling o‘quvchilarning psixoemosional holatini buzib, ularning ta’lim olish natijalari pasayishiga sabab bo‘ladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bullingning istalgan bir turiga duchor bo‘lish (tovlamachilik, jismoniy va og‘zaki zo‘ravonlik va boshqalar) o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlarini 19-20 ballga kamaytiradi. Shuningdek, bulling uzoq muddatda malakasi past ishchi kuchining shakllanishiga sabab bo‘lib, umumiy iqtisodiy o‘sishga salbiy a’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tadqiqotlardan kelib chiqib, mutaxassislar O‘zbekiston maktablarida bullingga qarshi turli dasturlar va mexanizmlarni joriy etishni taklif qilmoqda. Jumladan, KiVa dasturi (Finlyandiya) bullingga qarshi kurashishda samarali bo‘lib, unda darslar, onlayn o‘yinlar, jabrlanuvchilarga ma’naviy ko‘mak va bulling bilan shug‘ullanuvchi bolaning ota-onasi bilan suhbatlar kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Italiyaning “No Trap!” dasturi ham bulling va kiberbullingga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega.

Maxsus dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash maktablarda xavfsiz va barqaror o‘quv muhitini shakllantiradi. O‘quvchilarning ta’lim olish jarayonini yaxshilash va ularning ruhiy holatini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi.

Kiritildi: Bugun 15:11. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!