Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

UQK Palantir texnologiyalaridan "urush uchun operasion tizim" sifatida foydalanmoqda

UQK Palantir texnologiyalaridan "urush uchun operasion tizim" sifatida foydalanmoqda

Bu haqda Die Welt xabar bermoqda.

Kiyevga tashrifidan so‘ng Palantir bosh direktori Ukraina Qurolli Kuchlari uning kompaniyasi texnologiyalaridan urush uchun operasion tizim sifatida foydalanayotganini ma’lum qildi.

"Buni taxminan urush uchun operasion tizim sifatida tasavvur qilish mumkin", — deydi Aleks Karp.

Uning tushuntirishicha, Ukraina jang maydonini xuddi texnologik kompaniya o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatgandek boshqarmoqda.

"Faqat bu yerda savollar boshqacha: Bir kvadrat kilometrga qancha rus askari halok bo‘lmoqda? Nima uchun va qanday qilib, qaysi vositalar qo‘llanildi, nima ish berdi-yu, nima yo‘q? Va bu ma’lumotlar hatto alohida bo‘linmalar darajasigacha tahlil qilinadi.

Ukraina dunyodagi eng muhim harbiy mudofaa tizimlaridan birini yaratdi. Biz suhbatlashgan har bir kishi bu urushda g‘alaba qozonishlariga amin. Ular juda optimistik kayfiyatda", — dedi Karp Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng.

Shu bilan birga, Aleks Karpning Palantir kompaniyasi Ukrainaning shaxsiy ma’lumotlariga kirish imkoniga ega emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!