Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘qituvchilar o‘z fani hamda davlat tilidan test topshirmoqda

O‘qituvchilar o‘z fani hamda davlat tilidan  test topshirmoqda

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqaruv organlari xodimlari, metodistlar va maktab o‘qituvchilarining menejerlik, tegishli fan va davlat tili bo‘yicha bilimlarini aniqlash maqsadida test sinovlariga start berildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Hozirgi kunga kelib test jarayonlarida matematika, informatika, iqtisodiy bilim asoslari kabi fan o‘qituvchilari va metodistlari ishtirok etishdi.

O‘qituvchilar 30 ta o‘z mutaxassisligiga yaqin bo‘lgan fandan va 20 ta davlat tili, jami 50 ta testni ikki soat mobaynida yechishi kerak.

Test sinovlarini joriy yilning 13 oktyabr kuni yakunlash va ushbu jarayonga Sirdaryo viloyati xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan 12500 dan ortiq o‘qituvchi va xodimlarni barchasini qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, fan metodistlari, maktab direktorlari va o‘rinbosarlari hamda o‘qituvchilarning ijodkorlikka, yangiliklarga hamda o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashga undash maqsadida insho yozishlari rejalashtirilgan.

Fan metodistlari joriy yilning 10-12 oktyabr kunlari, direktor o‘rinbosarlari va barcha o‘qituvchilar o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarida darsdan keyingi vaqtlarda insho yozishadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizning boshqa hududlarida faoliyat yuritayotgan xalq tizimi xodimlarini ham bosqichma bosqich test sinovlaridan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:28 10.10.2019. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!