"Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga asosan:
▫️Ish beruvchi hududiy davlat sanitariya - epidemiologiya nazorati markazlari va tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan birgalikda har kalendar yilning 1 dekabrigacha tashkilotdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlarning lavozim bo‘yicha kontingentini aniqlashi va bu haqda dalolatnoma tuzishi lozim.
2. Mehnat kodeksi 292-moddasiga asosan Xodimning majburiy tibbiy ko‘rikdan u dastlabki (ishga qabul qilish chog‘ida) yoki davriy (ish jarayonida) xususiyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlarni kompensasiya qilish ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.
Mazkur kodeksning 360-moddasiga asosan ish beruvchi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan band bo‘lgan pedagog xodimlarini va boshqa xodimlarini majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etishi shartligi, Xodimlar majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.
3.❗️“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga ko‘ra tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar.
☝️Yuqorida keltirilgan asoslarga ko‘ra, tibiy ko‘rik uchun to‘lovlar ish beruvchi tomonidan to‘lanadi. Xodim tomonidan emas.