Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘qituvchilar Fransiyada malaka oshiradi

A A A
O‘qituvchilar Fransiyada malaka oshiradi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan edi.

Loyiha doirasida joriy yilda 120 nafar fransuz tili o‘qituvchisi Fransiyaga stajirovkaga yuborilmoqda.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida mazkur loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova yurtimizda pedagoglarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish, ish tajribasini boyitish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, xayrli tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritdi.

Fransiyaning yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez bugungi kunda O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi misli ko‘rilmagan islohotlar, xalqaro hamkorlikning muttasil ravnaq topib borayotgani xususida batafsil so‘zladi.

Shuningdek, ushbu loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ustozlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bu kabi ma’rifiy loyihalar ilg‘or ish tarjribasini ommalashtirish, o‘qituvchilar bilimini yanada boyitishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Fransuz tili o‘qituvchilarining birinchi guruhi bugun, 7 iyul kuni esa ikkinchi guruh o‘qituvchilari stajirovkaga yuboriladi.

Kiritildi: 10:23 23.06.2024. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!