Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘qishga taklif qilish bo‘yicha yolg‘on SMS-xabarlardan ehtiyot bo‘ling

O‘qishga taklif qilish bo‘yicha yolg‘on SMS-xabarlardan ehtiyot bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda ko‘pchilikka nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘qishga taklif qilish bo‘yicha turli SMS-xabarlar yuborilmoqda.

Bu holat nafaqat joriy yilda, balki o‘tgan yillarda ham kuzatilgan.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu xabarlar faqat abituriyentlarga emas, barchaga, jumladan, Agentlik xodimlariga ham kelmoqda.

Ushbu holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi:

Qayd etilishicha, Agentlik fuqarolarning roziligisiz uchinchi shaxslarga ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaydi (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi hamda OTMlarga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno).

Agentlikning axborot tizimlarida axborot xavfsizligi ta’minlangan bo‘lib, ularga hech qanday kiberhujum uyushtirilmagan va uchinchi shaxslar tomonidan abituriyentlarning ma’lumotlari qo‘lga kiritilmagan.

Shu o‘rinda fuqarolardan ishonchsiz manbalardan foydalanmaslik va turli manbalarga shaxsiy ma’lumotlarini kiritmaslik tavsiya qilinadi.

Kiritildi: 12:52 09.09.2024. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!