Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

O‘qish maqsadida chet elga ketgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

2024 yilning yanvar-dekabr oylarida jami 35,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida chet elga jo‘nab ketgan. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, eng ko‘p o‘zbekistonliklar Tojikistonni tanlagan bo‘lib, ushbu davlatga 12,8 ming nafar fuqaro o‘qish uchun yo‘l olgan. Keyingi o‘rinda:

— Rossiya Federasiyasi: 8,6 ming;
— Qirg‘iz Respublikasi: deyarli 4 ming nafar;
— Turkiya: 2,7 ming nafar;
— Koreya Respublikasi: 2,1 ming nafar;
— Qozog‘iston: 1,6 ming nafar;
— Buyuk Britaniya: 792 nafar fuqaro tanlagan.
— Xitoy: 767 nafar;
— AQSH: 576 nafar;
— Birlashgan Arab Amirliklariga esa 390 nafar fuqaro o‘qish maqsadida jo‘nab ketgan.

Qolgan boshqa davlatlarga jami 1,6 ming nafar o‘zbekistonlik borgan.

Kiritildi: 17:32 20.01.2025. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!