Qarorga muvofiq, Universitetda Transformasiya markazi tashkil etiladi va u quyidagi masalalar yuzasidan mas’ul etib belgilandi:
Universitetning ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish;
Universitetni dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ijrosini tashkil etish;
Universitet ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish hamda Universitet diplomlarining xorijda tan olinishiga erishish;
Registrator ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Universitetning ta’lim, tadqiqot va axborot-kutubxona faoliyatlarini hamda boshqaruv jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.
2025 yil 1 iyungacha Universitetda talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertasiyalarini ko‘chirmachilikka qarshi tekshirish (antiplagiat) mexanizmi joriy etiladi.