Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Universitet binosidagi yoriqlar yuqori xavf darajasiga ega emas - Toshkent shahar qurilish nazorat inspeksiyasi

A A A
Universitet binosidagi yoriqlar yuqori xavf darajasiga ega emas - Toshkent shahar qurilish nazorat inspeksiyasi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti o‘quv binosining devorida yoriq yuzaga kelgani aks etgan videoga universitet Matbuot xizmati munosabat bildirilgan edi.

Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan holat o‘rganilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda o‘tish yo‘lagi oralig‘ida hosil bo‘lgan. Ikki bino o‘rtasidagi maxsus chok (temperaturniy shov), yillar davomida tashqi omillar ta’sirida shu holatga kelgan.

-Eski mavjud bino 1978 yilda loyihalashtirilgan va shu kunga qadar unda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan. Yoriqlar bilan bog‘liq holatning 2019 yil Investisiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilgan universitetning yangi binolariga umuman aloqasi yo‘q ekan.

Qayd etilishicha, yoriq bino g‘isht devoriga bog‘liq emas. Bino poydevorda cho‘kish alomatlari mavjud emas.

Kiritildi: 07:27 12.04.2023. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!